Перейти к содержимому

Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 104-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar

104

Bino va inshootlarning seysmik taʼsirlar ostida agʻdarilishga qarshi umumiy barqarorligi yuklarning maxsus hisobiy birikmasi boʻyicha tekshirilishi lozim.

Agʻdarilishga qarshi barqarorlikni tekshirishda gorizontal va vertikal seysmik taʼsirlar, shuningdek bino yoki inshootga taʼsir etuvchi boshqa hisobiy yuklar birgalikda hisobga olinadi. Bunda tiklovchi momentlar yigʻindisi agʻdaruvchi momentlar yigʻindisidan kam boʻlmasligi kerak.

∑Mtik≥∑Magʼd,(16)

bu yerda:

∑Mtik — bino yoki inshootni agʻdarilishdan saqlovchi hisobiy tiklovchi momentlar yigʻindisi;

∑Magʼd — hisobiy seysmik va boshqa taʼsirlar natijasida hosil boʻladigan agʻdaruvchi momentlar yigʻindisi.

Atrofi yer usti inshootlari bilan qurshab olinmagan koʻp qavatli binolarning yer osti qismi agʻdarilishga qarshi turgʻunligini oshirish maqsadida uni yondosh binolarning konstruksiyalari bilan konstruktiv jihatdan birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Чертёж

9 qavatdan baland bino poydevorining chuqurligiPoydevor tovonining chuqurligi — kesimSxematikyerning loyihaviy sathiyer osti qismiH — yer usti qismid ≥ 0,1 Hd ≥ 0,1 Hkamaytirishga ∑M(tik) / ∑M(ag‘d) ≥ 1,5 bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi105-band: 9 qavatdan baland binolarda poydevor tovonining qo‘yilish chuqurligi yerning loyihaviy sathiga nisbatanyer usti qismi balandligining kamida 10 foiziga teng qabul qilinadi.
9 qavatdan baland binolarda poydevor tovonini qo‘yish chuqurligi yerning loyihaviy sathiga nisbatan bino yer usti qismi balandligining kamida 10 foiziga teng; chuqurlikni kamaytirishga ∑M_tik / ∑M_ag‘d ≥ 1,5 shart bajarilganda yo‘l qo‘yiladi (105-band); ag‘darilishga qarshi umumiy barqarorlik — tiklovchi momentlar yig‘indisi ag‘daruvchi momentlar yig‘indisidan kam bo‘lmasligi kerak (104-band) (SHNQ 2.01.03-26, 105, 104-bandlar). Sxema.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.