Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 165-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Koʻp qavatli bogʻlamli tizimlarda har bir hisobiy yoʻnalish boʻyicha bikirlik diafragmalari soni, shuningdek har bir hisobiy boʻlmadagi bogʻlamlar soni kamida ikkitani tashkil etishi lozim.
Bikirlik diafragmalari simmetrik joylashtirilishi va bitta tekislikda joylashib qolmasligi lozim. Diafragmalar va bogʻlamlar orasidagi masofa hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi hamda ushbu SHNQning 124-bandida nazarda tutilgan 1, 2 va 3-konstruktiv yechimlari uchun mos ravishda 12, 15 va 18 m dan oshmasligi lozim.
Чертёж
3D-вид
3D-вид доступен зарегистрированным пользователям. Регистрация бесплатная.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.