Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 176-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 3-§. Yirik panelli binolar
Yuk koʻtaruvchi tashqi devor panellarida qoʻllaniladigan yengil betonning siqilishdagi mustahkamlik boʻyicha sinfi:
seysmikligi 7 — 9 ball boʻlgan hududlar uchun kamida B7,5;
seysmikligi >9 balli hududlar uchun kamida B10 boʻlishi lozim.
Ichki devor panellari va qavatlararo orayopma plitalar uchun beton sinfi seysmikligi 7 — 9 ball boʻlgan hududlarda kamida B15, seysmikligi >9 balli hududlarda esa kamida B20 boʻlishi lozim.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.