Перейти к содержимому

Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 203-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 5-§. Tosh-gʻishtli binolar

203

Yuk koʻtaruvchi va oʻz ogʻirligini mustaqil koʻtaruvchi devorlarni terishda, shuningdek karkaslar oraligʻini toʻldirishda quyidagi buyumlar va materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:

mustahkamlik boʻyicha sinfi kamida B5 boʻlgan pishiq yaxlit gʻishtlar, shuningdek teshiklarining oʻlchami 14 mm gacha va boʻshliqlar hajmi 20 foizdan oshmaydigan kovakli gʻishtlar;

vertikal teshiklarining diametri 14 mm dan katta boʻlmagan, boʻshliqlarining umumiy hajmi 20 foizdan oshmaydigan va mustahkamlik boʻyicha sinfi kamida B7,5 boʻlgan sopol toshlar;

mustahkamlik boʻyicha sinfi kamida B3,5 boʻlgan beton toshlar, yaxlit va kovakli bloklar, shu jumladan oʻrtacha zichligi kamida 1200 kg/m³ boʻlgan yengil beton bloklar;

hisobiy seysmikligi 7 ball boʻlgan maydonchalarda vertikal tirqishlarining kengligi 12 mm gacha yoki teshiklarining diametri 14 mm gacha, boʻshliqlarining umumiy hajmi 20 foizdan oshmaydigan va mustahkamlik boʻyicha sinfi kamida B5 boʻlgan sopol toshlar.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.