Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 213-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 5-§. Tosh-gʻishtli binolar
Qurilish jarayonida oʻtkazilgan nazorat sinovlari natijalari gʻisht yoki tosh terimining yopishish boʻyicha mustahkamligi ushbu SHNQda belgilangan eng kam qiymatdan pastligini koʻrsatsa, mustahkamlik pasayishi sabablari aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar qurilish ishlari toʻxtatib turilishi lozim.
Bunda yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning barpo etilgan terim qismi kuchaytirilishi yoki demontaj qilinishi kerak.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.