Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 239-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 5-§. Tosh-gʻishtli binolar
Zinapoyalar va yigʻma zina marshlarining kosourlari ishonchli mahkamlanishi, zinapoya maydonchalari bogʻlamlarining qavatlararo yopmalar bilan bogʻlanishi taʼminlanishi lozim.
Konsol koʻrinishidagi zinapoyalarni terimga kiritib barpo etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Seysmikligi 8-9 ball boʻlgan hududlarda tosh-gʻishtli devorlardan barpo etilgan zinapoya kataklaridagi eshik va deraza oʻrinlari, odatda, temirbeton oʻzaklar bilan kuchaytirilishi zarur.
Чертёж
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.