Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 318-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 9-§. Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va binolarning meʼmoriy elementlari
Seysmik yuklamalar taʼsirida pardevorlar va yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning mustaqil deformatsiyalanishini taʼminlash uchun quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
pardevorlarning vertikal qirralari bilan yuk koʻtaruvchi elementlar orasida kengligi qavatning hisobiy maksimal gorizontal ogʻishiga teng, biroq kamida 30 mm boʻlgan tirqish qoldirilishi;
orayopmaning egilishi hisobga olingan holda, pardevorning yuqori gorizontal qirrasi bilan yopma konstruksiyasi orasida kamida 20 mm kenglikda tirqish qoldirilishi;
tirqishlar elastik-qayishqoq materiallar bilan toʻldirilishi.
Чертёж
3D-вид
3D-вид доступен зарегистрированным пользователям. Регистрация бесплатная.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.