Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 326-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 9-§. Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va binolarning meʼmoriy elementlari
Bino tashqi sirtlari, atriumlar, vitrajlar va pardevorlarni uzluksiz oynaband qilishda xavfsiz shishalar, xususan laminatlangan shishapaketlar yoki toblangan laminatlangan shishalardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
Oynaband konstruksiyalar zilzila taʼsirida sinib tushishi natijasida odamlar xavfsizligiga tahdid tugʻdirmasligini taʼminlaydigan konstruktiv chora-tadbirlar bilan loyihalanishi lozim. Shishadan iborat uzluksiz toʻsiq konstruksiyalarning zilzilabardoshligi alohida hisoblash va konstruktiv chora-tadbirlar asosida taʼminlanishi lozim.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.