42
Kq koeffitsiyenti quyidagi 11-jadvaldan qabul qilinadi.
| T/r | Binoning konstruktiv yechimi | Kq koeffitsiyenti |
| 1. | Qavatlar soni 5 dan ortiq boʻlgan karkasli, bikirlik diafragmasi yoki yadrosi boʻlgan karkasli, yirik blokli, kompleks konstruksiyali yoki yaxlit temirbetonli binolar | Kq=1+0,1 (n-5), biroq 1,5 dan katta emas |
| 2. | Qavatlar soni 5 tagacha boʻlgan yirik panelli va hajmiy-blokli binolar | 0,75 |
| 3. | Qavatlar soni 5 dan ortiq boʻlgan yirik panelli va hajmiy-blokli binolar | Kq=0,9+0,075 (n-5), biroq 1,3 dan katta emas |
| 4. | Mazkur jadvalning 1, 2, 3, 5, 6-pozitsiyalarida koʻrsatilmagan binolar | 1,0 |
| 5. | Qavatlar soni 13 dan 16 gacha boʻlgan bogʻlamli yoki rama bogʻlamli poʻlat (9 ballik hududlar uchun) va temirbeton (8 ballik hududlar uchun) karkasli binolar | Kq=1,5+0,05 (n-12) |
| 6. | 9 ballik hududlarda qavatlar soni 13 dan 16 gacha boʻlgan bogʻlamli yoki rama bogʻlamli temirbeton karkas hamda koʻndalang devorlar qadami 4,21 — 6,6 m oraligʻida boʻlgan yaxlit temirbeton devorli, yirik panel devorli, hajmiy temirbeton blokli binolar | Kq=1,5+0,05 (n-12), biroq 1,7 dan katta emas |
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.