Перейти к содержимому

Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 461-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar

461

Magistral quvurlar quyidagi seysmik taʼsirlar hisobga olingan holda hisoblanishi lozim:

seysmik kuchlar hisobga olingan shartli statik yuklamalar taʼsiriga;

muhim, murakkab yoki nostandart quvur uchastkalari uchun mazkur hududda sodir boʻlgan yoki oʻxshash seysmik sharoitli hududlarda qayd etilgan akselerogramma, velosigramma va seysmogramma yozuvlari asosida aniqlanadigan dinamik seysmik taʼsirlarga.

Chegaraviy holatlar tegishli quvur turi uchun noseysmik hududlarda belgilangan talablar hisobga olingan holda qabul qilinishi kerak.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.