Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 466-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar
Toʻgʻri chiziqli yer osti va yer ustida, shu jumladan koʻtarmada joylashtirilgan magistral quvurlarda boʻylama yoʻnalishdagi seysmik taʼsirdan hosil boʻladigan hisobiy kuchlanish quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(40)bu yerda:
A — seysmiklik koeffitsiyenti boʻlib, seysmikligi 7, 8 va 9 ball boʻlgan hududlar uchun yer usti quvurlarida mos ravishda 0,10; 0,20; 0,40, yer osti quvurlarida esa 0,12; 0,25; 0,50 deb qabul qilinadi;
Kmas — quvurning masʼullik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, 27-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
Kt — zilzila takroriyligi koeffitsiyenti boʻlib, 5-jadval va ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi;
E — quvur materiali elastiklik moduli, MPa;
Sr — grunt massivida boʻylama toʻlqinlarning tarqalish tezligi, m/s;
ηd — dinamik koeffitsiyent.
| T/r | Quvur tavsifnomasi | Kmas koeffitsiyentining qiymati |
|---|---|---|
| 1. | Ishchi bosimi 2,5 dan 10,0 MPa (25-100 kg/cm2) ga qadar boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 1000 — 1200 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari Muhim obyektlarni gaz, neft va neft mahsulotlari bilan taʼminlaydigan istalgan ishchi bosim va diametrga ega boʻlgan quvurlar Eni 25 m va undan ortiq boʻlgan suv toʻsiqlardan oʻtkazilgan quvurlar | 1,5 |
| 2. | Ishchi bosimi 1,2 dan 2,5 MPa (12 — 25kg/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 500 — 800 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari | 1,2 |
| 3. | Shartli diametri 500 mm dan kichik boʻlgan neft quvurlari | 1,0 |
| Izoh. Maydon seysmikligi 9 ball boʻlsa, ushbu jadvalning 1-pozitsiyasida keltirilgan quvurlar qoʻshimcha ravishda 1,5 ga teng koeffitsiyentga koʻpaytiriladi. | ||
| Takroriylik davri, yillarda | Zilzila jadalligiga mos boʻlgan takroriylik koeffitsiyenti, Kt | |
|---|---|---|
| 7 va 8 ball uchun | 9 va yuqori ballar uchun | |
| 475 | 1,20 | 1,25 |
| 975 | 1,0 | 1,15 |
| 2475 | 0,8 | 1,0 |
| 4975 | - | 0,9 |
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.