Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 518-band
7-bob. Bino va inshootlarni qayta tiklash va kuchaytirish
Taʼmirlash-qayta tiklash va kuchaytirish ishlarini loyihalash hamda bajarishda qabul qilinadigan konstruktiv yechimlar, materiallar va konstruksiyalar quyidagilarni taʼminlashi lozim:
mavjud konstruksiyalarning haqiqiy mustahkamlik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda ularning yuk koʻtarish qobiliyatidan oqilona foydalanishni;
kuchaytiruvchi va kuchaytirilayotgan konstruksiyalarning birgalikda ishlashini;
konstruksiyalar va ularning birikmalarida belgilangan plastik deformatsiyalarning barqaror rivojlanishini, bunda ustuvorlik yoʻqolishiga va progressiv buzilishga yoʻl qoʻymaslikni.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.