Konstruktiv tizim elementlari bino yoki inshootning zilzila taʼsirida chegaraviy holatga oʻtishidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi uchta sinfga boʻlinadi:
I sinf — qavatlararo yopmalardan uzatiladigan vertikal yuklarni va gorizontal seysmik kuchlarni qabul qiladigan elementlar;
II sinf — gorizontal seysmik kuchlarni qabul qilishda ishtirok etadigan elementlar;
Sh sinf — bino yoki inshootga taʼsir etuvchi umumiy gorizontal seysmik kuchlarni qabul qilishda ishtirok etmaydigan oʻz ogʻirligini oʻzi koʻtaruvchi konstruksiyalar, osma panellar va pardevorlar.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.