Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 536-band
8-bob. Ishlab chiqarish va qurilish ishlarining sifati
Havo harorati 25°S dan yuqori va nisbiy namligi 50 foizdan kam boʻlgan quruq va issiq ob-havo sharoitida beton ishlari bajarilsa, mustahkamligi betonning loyihaviy mustahkamligidan kamida 20 foizga yuqori boʻlgan sement qoʻllanilishi kerak. Yangi yotqizilgan betonni parvarishlash loyihaviy mustahkamlik 70 foizga yetgunga qadar amalga oshirilishi kerak.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.