Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 81-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar
Harorat va choʻkish choklari, qoida tariqasida, antiseysmik choklar bilan birlashtirilishi lozim.
Qurilish maydonchasining seysmikligi 7, 8 yoki 9 ball boʻlganda va gruntlar seysmiklik xossalari boʻyicha I yoki II toifaga mansub boʻlganda, poydevorlarda antiseysmik chokni nazarda tutmaslikka quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilganda yoʻl qoʻyiladi:
antiseysmik chok harorat va (yoki) choʻkish choki bilan ustma-ust tushmagan boʻlsa;
bino boʻlmalari bir qatorda (bitta gorizontal oʻq boʻylab) joylashgan hamda ularning poydevorlari bir sathda joylashtirilgan boʻlsa;
butun bino chegarasidagi grunt asosi tarkibi, mustahkamligi va deformatsiyalanish xususiyatlari boʻyicha keskin farq qilmasa;
poydevor tovoni ostidagi oʻrtacha bosim qiymatlari barcha hisobiy yuklar birikmalari uchun oʻzaro 40 foizdan ortiq farq qilmasa.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.