Перейти к содержимому

Нормативные документы ШНҚ 2.08.01-24

ШНҚ 2.08.01-24, 64-банд

4-боб. Кўп квартирали уйлар · 4-§. Нотурар жой қаватларига қўйиладиган талаблар

64

Кўп квартирали уйларнинг ярим ертўла (цоколь) қаватида квартиралар жойлаштирилганда қуйидаги эвакуация талаблари таъминланиши лозим:

кириш эшиклари ташқи томонга очилиши ҳамда ёнғин хавфи вужудга келганда одамларни эвакуация қилиш учун камида иккита тўғридан-тўғри ташқарига чиқувчи жойлар бўлиши;

хонадонлар фақатгина йўлак турида лойиҳалаштирилиши ҳамда квартирадан эвакуация чиқиш жойига биттадан кўп бўлмаган бурилиш орқали етиб борилишини таъминланиши;

хонадоннинг чиқиш эшигидан энг узоқда жойлашган эвакуация чиқиш жойигача бўлган масофа 12 метрдан ошмаслиги;

бинонинг юқори қаватлари билан ярим ертўла (цоколь) қаватлари зина катаклари тўғридан-тўғри боғланмаслиги;

ҳар бир хонадондан ўлчамлари 0,8 х 1,2 m дан кам бўлмаган авария чиқиш жойлари билан таъминланиши;

авария чиқиш жойлари одамларни қутқаришга тўсқинлик қилувчи воситалар билан тўсилмаслиги (металл панжара ва бошқа турдаги тўсиқлар).

Чертёж

Yarim yerto‘la (sokol) qavatidagi kvartiralar evakuatsiyasi va jamoat xonalaridan bitta chiqishYarim yerto‘la (sokol) qavati — kvartiralar evakuatsiyasi (reja)Faqat yo‘lak turida; sxematikkv. 1kv. 5kv. 2kv. 6kv. 3kv. 7kv. 4kv. 8to‘g‘ridan-to‘g‘ritashqariga(eshik tashqariga)≤ 12 mavariya chiqishi ≥ 0,8 × 1,2 m —har kvartirada; panjarasizKvartiradan chiqishgacha ≤ 1 burilish; yuqori qavatlar zinapoya kataklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi.68-band: 1-qavat yoki yarim yerto‘ladagi jamoat xonalari — umumiy maydoni ≤ 300 m² va ishchilar soni≤ 15 bo‘lsa, bitta evakuatsiya chiqishiga yo‘l qo‘yiladi.64-band: yarim yerto‘ladagi kvartiralar — kirish eshiklari tashqariga ochiladi, kamida 2 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ritashqariga chiqish; faqat yo‘lak turida, chiqishgacha ≤ 1 burilish; kvartira eshigidan eng uzoq chiqishgacha ≤ 12m; yuqori qavatlar bilan zinapoya kataklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi; har kvartirada ≥ 0,8 × 1,2 m avariyachiqishi, to‘siqlarsiz.
Ko‘p kvartirali uylarning yarim yerto‘la (sokol) qavatida kvartiralar joylashtirilganda kirish eshiklari tashqi tomonga ochiladi, kamida ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga chiqish joyi bo‘ladi; xonadonlar faqat yo‘lak turida, kvartiradan evakuatsiya chiqishiga ko‘pi bilan bitta burilish orqali yetib boriladi; xonadon chiqish eshigidan eng uzoq evakuatsiya chiqishigacha masofa 12 m dan oshmaydi; yuqori qavatlar bilan zinapoya kataklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi; har bir xonadon 0,8 × 1,2 m dan kam bo‘lmagan avariya chiqishi bilan ta’minlanadi va u to‘siqlar bilan to‘silmaydi; umumiy maydoni 300 m² dan katta bo‘lmagan va ishchilari 15 tagacha bo‘lgan 1-qavat va yarim yerto‘ladagi jamoat xonalaridan bitta evakuatsiya chiqishiga yo‘l qo‘yiladi (ШНҚ 2.08.01-24, 64, 68-bandlar). Sxema.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 22.04.2026. Латиница — автоматическая транслитерация, официальный текст на кириллице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.