Перейти к содержимому

Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 123-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar

123

Yon tomonlarida hisobiy oʻyiqlar boʻlmagan va chetlarida antiseysmik kamarlarga ankerlash uchun armatura sterjenlari chiqarib qoldirilmagan orayopma plitalaridan yoki panellaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bunday plitalarni qalinligi 100 mm dan kam boʻlmagan va ikki tomonlama armaturalangan yaxlit temirbeton plitalar uchun yechilmaydigan qolip sifatida qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda plitalar bir-biriga nisbatan 150 mm dan kam boʻlmagan masofaga (boʻylama qirralari boʻyicha) orani ochib oʻrnatiladi.

Plitalar orasidagi yaxlit uchastkalar fazoviy armatura karkaslari bilan qurilmalanishi, tayanchlarda antiseysmik kamar va yaxlit plitalarning armaturalari bilan bogʻlanishi kerak.

Orayopmaning yaxlit uchastkalari V25 sinfdan kam boʻlmagan betondan tayyorlanishi lozim.

Чертёж

Yechilmaydigan qolip sifatidagi plitalar va kombinatsiyalangan orayopmaOrayopma — kesimSxematikYaxlit plita uchun qolip (123-band)≥ 150 mm≥ 100 mmyaxlit plita ikki tomonlama armaturalangan;yaxlit uchastkalar — beton ≥ V25Kombinatsiyalangan orayopma (125-band)≥ 40 mmqatlam ≥ B15; to‘r Vr-I Ø3 mm,katagi ≤ 300 mm; faqat 7 ballda (127-band)vkladish123-band: o‘yiqsiz va chiqarilgan sterjensiz plitalar faqat qolip sifatida — orasi ≥ 150 mm, ustidan ≥ 100 mmyaxlit plita; 125-band: to‘sinlar orasiga vkladish o‘rnatilgan orayopma ustida ≥ 40 mm beton qatlami.
Yon tomonlarida hisobiy o‘yiqlar va ankerlash uchun chiqarilgan sterjenlar bo‘lmagan plitalar faqat qalinligi 100 mm dan kam bo‘lmagan, ikki tomonlama armaturalangan yaxlit temirbeton plitalar uchun yechilmaydigan qolip sifatida; plitalar bir-biriga nisbatan kamida 150 mm orasini ochib o‘rnatiladi, yaxlit uchastkalar V25 dan kam bo‘lmagan betondan (123-band). Kombinatsiyalangan orayopma ustida qalinligi kamida 40 mm, B15 dan past bo‘lmagan beton qatlami, Vr-I Ø3 mm, katagi 300 mm dan oshmaydigan to‘r bilan (125-band); bunday orayopma faqat 7 ballda (127-band) (SHNQ 2.01.03-26, 123, 125, 127-bandlar). Sxema.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.