Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 123-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar
Yon tomonlarida hisobiy oʻyiqlar boʻlmagan va chetlarida antiseysmik kamarlarga ankerlash uchun armatura sterjenlari chiqarib qoldirilmagan orayopma plitalaridan yoki panellaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday plitalarni qalinligi 100 mm dan kam boʻlmagan va ikki tomonlama armaturalangan yaxlit temirbeton plitalar uchun yechilmaydigan qolip sifatida qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda plitalar bir-biriga nisbatan 150 mm dan kam boʻlmagan masofaga (boʻylama qirralari boʻyicha) orani ochib oʻrnatiladi.
Plitalar orasidagi yaxlit uchastkalar fazoviy armatura karkaslari bilan qurilmalanishi, tayanchlarda antiseysmik kamar va yaxlit plitalarning armaturalari bilan bogʻlanishi kerak.
Orayopmaning yaxlit uchastkalari V25 sinfdan kam boʻlmagan betondan tayyorlanishi lozim.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.