Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 137-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Bir qavatli binolarning karkaslarini quyidagi konstruktiv sxemalar boʻyicha loyihalashga yoʻl qoʻyiladi:
bir yoʻnalishda ramali karkas, ikkinchi yoʻnalishda esa bogʻlamli sxema qabul qilingan aralash (kombinatsiyalangan) sxema boʻyicha;
ustunlari poydevorlarga bikir mahkamlangan, stropil yoki ravoq konstruksiyalari bilan esa sharnirli yoki bikir biriktirilgan sxema boʻyicha;
ustunlari poydevorlarga sharnirli mahkamlangan fazoviy rama konstruksiyalari koʻrinishida.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.