Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 136-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Rigelsiz-bogʻlamli karkaslarni barcha gorizontal seysmik yuklamalar bikir devorlar, bikirlik yadrolari va diafragmalar tomonidan qabul qilinishi sharti bilan seysmikligi 7 — 9 ball boʻlgan hududlarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarda ustunlar oʻqlari boʻylab kuchaytirilgan armaturalash zonalari, shu jumladan bikir armaturani qoʻllash nazarda tutilishi lozim. Bino perimetri boʻylab chetki ustunlar oʻqlarida rigellar joylashtirilishi, ustunlar atrofida esa orayopmalarning tayanch zonalari (kapitellar) hosil qilinishi kerak.
Orayopmalarning tayanch zonalari ustunlarning orayopma diskiga bikir mahkamlanishini taʼminlashi hamda ustunlar bilan tutashish tugunlarida yuzaga keladigan barcha hisobiy yuklamalar birikmalaridan hosil boʻladigan zoʻriqishlar va kuchlanishlarni qabul qilishi lozim.
Ustunlarning koʻndalang kesimi 50 × 50 cm dan kam boʻlmasligi, seysmikligi 9 ball boʻlgan hududlarda esa birinchi qavat ustunlari bikir armatura bilan armaturalanishi zarur.
Чертёж
3D-вид
3D-вид доступен зарегистрированным пользователям. Регистрация бесплатная.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.