Перейти к содержимому

Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 17-band

4-bob. Seysmik taʼsirlarni hisoblash

17

Seysmik hududlar uchun loyihalanadigan bino va inshootlarning konstruksiyalari hamda asoslari seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holda yuklar va taʼsirlarning asosiy hamda maxsus birikmalari boʻyicha hisoblanishi lozim.

Yuklar va taʼsirlarning asosiy birikmalari SHNQ 2.01.07-21 talablariga muvofiq maxsus birikmalari esa seysmik taʼsirlar hisobga olingan holda mazkur SHNQ talablariga muvofiq aniqlanadi.

Bunda maxsus birikmaga kiritiladigan tegishli yuklarning hisobiy qiymatlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan Ψi birikma koeffitsiyentlariga koʻpaytiriladi.

2-jadval
Yuk turiBirikma koeffitsiyenti, Ψi
Doimiy yuklar0,9
Muvaqqat uzoq muddatli yuklar0,8
Qisqa muddatli (orayopma va yopmaga) yuklar0,5

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.