Seysmik hududlar uchun loyihalanadigan bino va inshootlarning konstruksiyalari hamda asoslari seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holda yuklar va taʼsirlarning asosiy hamda maxsus birikmalari boʻyicha hisoblanishi lozim.
Yuklar va taʼsirlarning asosiy birikmalari SHNQ 2.01.07-21 talablariga muvofiq maxsus birikmalari esa seysmik taʼsirlar hisobga olingan holda mazkur SHNQ talablariga muvofiq aniqlanadi.
Bunda maxsus birikmaga kiritiladigan tegishli yuklarning hisobiy qiymatlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan Ψi birikma koeffitsiyentlariga koʻpaytiriladi.
| Yuk turi | Birikma koeffitsiyenti, Ψi |
| Doimiy yuklar | 0,9 |
| Muvaqqat uzoq muddatli yuklar | 0,8 |
| Qisqa muddatli (orayopma va yopmaga) yuklar | 0,5 |
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.