Перейти к содержимому

Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 289-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 8-§. Temirbeton konstruksiyalar

289

Elementlarda boʻylama armaturalarning payvandsiz tutashuv joylari maksimal zoʻriqishlar taʼsir qiladigan zonalardan tashqarida joylashtirilishi lozim.

Egiluvchi elementlarning boʻylama armatura sterjenlarini ustma-ust tutashtirish uchastkalarida xomutlarning diametri kamida 8 mm, qadami esa koʻpi bilan 100 mm boʻlishi kerak.

Armaturaning bogʻlanish uchun kiritiladigan uzunligi hamda payvand chokining uzunligi SHNQ 2.03.01-24da belgilangan qiymatlarga nisbatan kamida 30 foizga oshirib qabul qilinishi lozim.

Ustunlarda boʻylama armatura sterjenlari, odatda, payvandlash orqali tutashtirilishi lozim. Diametri 25 mm va undan kichik boʻlgan sterjenlarni payvandsiz ustma-ust tutashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda tutashuv zonasida toʻrlar bilan qoʻshimcha bilvosita armaturalash nazarda tutilishi yoki ustma-ust tutashtirish uzunligi SHNQ 2.03.01-24da belgilangan qiymatga nisbatan kamida 30 foizga oshirilishi lozim.

Xomutlar qadami 100 mm dan oshmasligi kerak.

Чертёж

Bo‘ylama armatura ulanmalari: bitta kesimda — yarmidan ko‘p emasElement armaturasi — ko‘rinishSxematik≥ 40 d1-kesim: 2 tadan 42-kesim: 2 tadan 4d — ulanayotgan sterjenlar diametri299-band: payvandlab yoki mexanik ulash — istalgan kesimda; bitta kesimda ulanadigan sterjenlar soni umumiysonining yarmidan oshmaydi; birikmalar orasidagi masofa ≥ 40 d.
Bo‘ylama armaturalarni payvandlash yoki mexanik biriktirish orqali tutashtirish element tanasining istalgan kesimida bajarilishiga yo‘l qo‘yiladi; bitta kesimda ulanadigan sterjenlar soni umumiy sonining yarmidan oshmaydi; element uzunligi bo‘yicha birikmalar orasidagi masofa ulanayotgan sterjenlar diametrining kamida 40 baravari (299-band); payvandsiz tutashuv joylari maksimal zo‘riqishlar zonasidan tashqarida, ustma-ust tutashtirish uchastkalarida xomut diametri kamida 8 mm, qadami ko‘pi bilan 100 mm (289-band) (SHNQ 2.01.03-26, 299, 289-bandlar). Sxema.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.