Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 289-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 8-§. Temirbeton konstruksiyalar
Elementlarda boʻylama armaturalarning payvandsiz tutashuv joylari maksimal zoʻriqishlar taʼsir qiladigan zonalardan tashqarida joylashtirilishi lozim.
Egiluvchi elementlarning boʻylama armatura sterjenlarini ustma-ust tutashtirish uchastkalarida xomutlarning diametri kamida 8 mm, qadami esa koʻpi bilan 100 mm boʻlishi kerak.
Armaturaning bogʻlanish uchun kiritiladigan uzunligi hamda payvand chokining uzunligi SHNQ 2.03.01-24da belgilangan qiymatlarga nisbatan kamida 30 foizga oshirib qabul qilinishi lozim.
Ustunlarda boʻylama armatura sterjenlari, odatda, payvandlash orqali tutashtirilishi lozim. Diametri 25 mm va undan kichik boʻlgan sterjenlarni payvandsiz ustma-ust tutashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda tutashuv zonasida toʻrlar bilan qoʻshimcha bilvosita armaturalash nazarda tutilishi yoki ustma-ust tutashtirish uzunligi SHNQ 2.03.01-24da belgilangan qiymatga nisbatan kamida 30 foizga oshirilishi lozim.
Xomutlar qadami 100 mm dan oshmasligi kerak.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.