Нормативные документы SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 459-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar
Quvur uchastkalari uchun hisobiy seysmik taʼsirlarni belgilashda qurilish maydonchasining seysmikligi bilan bir qatorda quvurning masʼullik darajasi ham hisobga olinishi lozim.
Bunda uchun yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentiga qoʻshimcha ravishda quvurning tavsifiga bogʻliq holda mazkur SHNQning 27-jadvali boʻyicha aniqlanadigan Kmas koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
| T/r | Quvur tavsifnomasi | Kmas koeffitsiyentining qiymati |
|---|---|---|
| 1. | Ishchi bosimi 2,5 dan 10,0 MPa (25-100 kg/cm2) ga qadar boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 1000 — 1200 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari Muhim obyektlarni gaz, neft va neft mahsulotlari bilan taʼminlaydigan istalgan ishchi bosim va diametrga ega boʻlgan quvurlar Eni 25 m va undan ortiq boʻlgan suv toʻsiqlardan oʻtkazilgan quvurlar | 1,5 |
| 2. | Ishchi bosimi 1,2 dan 2,5 MPa (12 — 25kg/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 500 — 800 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari | 1,2 |
| 3. | Shartli diametri 500 mm dan kichik boʻlgan neft quvurlari | 1,0 |
| Izoh. Maydon seysmikligi 9 ball boʻlsa, ushbu jadvalning 1-pozitsiyasida keltirilgan quvurlar qoʻshimcha ravishda 1,5 ga teng koeffitsiyentga koʻpaytiriladi. | ||
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.