Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 459-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar

459

Quvur uchastkalari uchun hisobiy seysmik taʼsirlarni belgilashda qurilish maydonchasining seysmikligi bilan bir qatorda quvurning masʼullik darajasi ham hisobga olinishi lozim.

Bunda uchun yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentiga qoʻshimcha ravishda quvurning tavsifiga bogʻliq holda mazkur SHNQning 27-jadvali boʻyicha aniqlanadigan Kmas koeffitsiyenti qoʻllaniladi.

27-jadval
T/rQuvur tavsifnomasiKmas koeffitsiyentining qiymati
1.Ishchi bosimi 2,5 dan 10,0 MPa (25-100 kg/cm2) ga qadar boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 1000 — 1200 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari
Muhim obyektlarni gaz, neft va neft mahsulotlari bilan taʼminlaydigan istalgan ishchi bosim va diametrga ega boʻlgan quvurlar
Eni 25 m va undan ortiq boʻlgan suv toʻsiqlardan oʻtkazilgan quvurlar
1,5
2.Ishchi bosimi 1,2 dan 2,5 MPa (12 — 25kg/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 500 — 800 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari1,2
3.Shartli diametri 500 mm dan kichik boʻlgan neft quvurlari1,0
Izoh. Maydon seysmikligi 9 ball boʻlsa, ushbu jadvalning 1-pozitsiyasida keltirilgan quvurlar qoʻshimcha ravishda 1,5 ga teng koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.