Birinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-1) vujudga kelmasligini tekshirish uchun ushbu SHNQning 28-bandi uchinchi xatboshisi boʻyicha binolarni hisoblashda konstruktiv tizim elementlarining mustahkamligi tekshirilganda, seysmik taʼsir hisobga olingan yuklarning maxsus birikmasidan hosil boʻladigan hisobiy zoʻriqishlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(8)bu yerda:
L0 — yuklarning asosiy birikmasidan elementda hosil boʻladigan zoʻriqish boʻlib, mazkur SHNQning 17-bandiga muvofiq aniqlanadi;
r — mazkur SHNQning 47-bandi boʻyicha aniqlanadigan reduksiya koeffitsiyenti;
Ni, Nj — i- va j- shakllardagi xususiy tebranishlarga mos keladigan ushbu SHNQning 3-formulasi boʻyicha aniqlanadigan seysmik yuklar taʼsirida vujudga keladigan zoʻriqishlar;
m — hisobda eʼtiborga olinadigan xususiy tebranish shakllari soni.
Официальный источник: lex.uz. Редакция: 15.10.2026. Официальный текст — на латинице.