Перейти к содержимому

Нормативные документы ШНҚ 2.04.05-22

ШНҚ 2.04.05-22, 237-банд

6-боб. Вентиляция, кондициялаш ва ҳаво билан иситиш · 5-§. Ҳаво алмашинишини ташкил қилиш

237

Умумалмашинув вентиляция тизимлари билан хонанинг юқори ҳудудидан ҳавони чиқариб юбориш учун қабул қилиш туйнукларини қуйидагича жойлаштириш лозим:

шифт ёки ёпма тагида, ортиқча иссиқлик, намлик ва зарарли газларни чиқариш учун ўрнатилган туйнукни пастки қисмигача, бироқ полдан 2 m дан паст бўлмаган жойда;

портлаш хавфи мавжуд газ, буғ ва аэрозоллар (водороднинг ҳаво билан аралашмасидан бундан мустасно) чиқариб юборилаётганда, шифт ёки ёпма текислигидан туйнукни юқорисигача 0,4 m дан кам бўлмаган жойда;

ҳавонинг водород билан аралашмаси чиқариб юборилаётганда, баландлиги 4 m ва ундан кам бўлган хоналарда шифт ёки ёпма текислигидан туйнук юқорисигача 0,1 m дан кам бўлмаслиги ёки баландлиги 4 m дан ортиқ бўлган хоналарда, хона баландлигининг 0,025 қисмидан паст (бироқ 0,4 m дан ортиқ) бўлмаган жойида.

BIMFAB eslatmasi: ikkinchi va uchinchi xatboshilarda (portlash xavfli aralashmalar, vodorod) shiftdan tuynuk yuqorisigacha masofa «... дан кам бўлмаган» — eng kichik qiymat sifatida berilgan. Bunday aralashmalar shift ostida to‘planadi; talab eng kichik yoki eng katta masofa ekanini rasmiy nashr bilan solishtiring. Matn manbadagidek qoldirildi.

Чертёж

Umumalmashinuv ventilyatsiyasi: yuqori va pastki zonadan havo chiqarish tuynuklari balandligiHavo chiqarish tuynuklari — kesimSxematik; 1 m ≈ 60 pxhavo quvuri≥ 2 myuqori zona≤ 0,3 mpastki zonaTuynuk joyi:• yuqori zona (ortiqcha issiqlik, namlik, zararli gaz) — shift yoki yopma ostida, poldan tuynuk ostigacha ≥ 2 m;• pastki zona — poldan tuynuk ostigacha 0,3 m gacha.Portlash xavfli aralashmalar vavodorod uchun — band matnigaqarang (chizmada yo‘q).237-band: yuqori zonadan chiqarish tuynuklari shift yoki yopma ostida, poldan tuynuk pastigacha kamida 2 m.238-band: pastki zonadan chiqarish tuynuklari poldan tuynuk tagigacha 0,3 m gacha masofada.
Umumalmashinuv ventilyatsiya tizimlari bilan xonaning yuqori zonasidan havoni chiqarib yuborish uchun qabul qilish tuynuklari ortiqcha issiqlik, namlik va zararli gazlarni chiqarishda shift yoki yopma tagida, tuynukning pastki qismigacha poldan 2 m dan past bo‘lmagan joyda joylashtiriladi; pastki zonadan umumalmashinuv ventilyatsiyasi tizimi bilan havoni chiqarib yuborish uchun qabul qilish tuynuklari poldan tuynuk tagigacha 0,3 m gacha masofada joylashtiriladi (ШНҚ 2.04.05-22, 237, 238-bandlar). Sxema.

Официальный источник: lex.uz. Редакция: 03.07.2026. Латиница — автоматическая транслитерация, официальный текст на кириллице.

Мы принимаем

UzcardHumoVisaMastercard

Оплата проходит на защищённой странице платёжной системы и подтверждается по 3D Secure. Данные карты на нашем сайте не хранятся.