Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 136-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar

136

Rigelsiz-bogʻlamli karkaslarni barcha gorizontal seysmik yuklamalar bikir devorlar, bikirlik yadrolari va diafragmalar tomonidan qabul qilinishi sharti bilan seysmikligi 7 — 9 ball boʻlgan hududlarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarda ustunlar oʻqlari boʻylab kuchaytirilgan armaturalash zonalari, shu jumladan bikir armaturani qoʻllash nazarda tutilishi lozim. Bino perimetri boʻylab chetki ustunlar oʻqlarida rigellar joylashtirilishi, ustunlar atrofida esa orayopmalarning tayanch zonalari (kapitellar) hosil qilinishi kerak.

Orayopmalarning tayanch zonalari ustunlarning orayopma diskiga bikir mahkamlanishini taʼminlashi hamda ustunlar bilan tutashish tugunlarida yuzaga keladigan barcha hisobiy yuklamalar birikmalaridan hosil boʻladigan zoʻriqishlar va kuchlanishlarni qabul qilishi lozim.

Ustunlarning koʻndalang kesimi 50 × 50 cm dan kam boʻlmasligi, seysmikligi 9 ball boʻlgan hududlarda esa birinchi qavat ustunlari bikir armatura bilan armaturalanishi zarur.

Chizma

Rigelsiz-bog‘lamli karkas: ustun va kapitelRigelsiz-bog‘lamli karkas — rejaSxematik; 7–9 balldachetki ustunlar o‘qida — rigelkapitel — orayopmaningtayanch zonasiustun ≥ 50 × 50 cm136-band: gorizontal yuklarni bikir devorlar, yadrolar va diafragmalar qabul qilishi sharti bilan; ustunlaro‘qlari bo‘ylab kuchaytirilgan armatura zonalari; ustun kesimi ≥ 50 × 50 cm; 9 ballda birinchi qavat ustunlari —bikir armatura bilan.
Rigelsiz-bog‘lamli karkaslar barcha gorizontal seysmik yuklarni bikir devorlar, bikirlik yadrolari va diafragmalar qabul qilishi sharti bilan 7–9 ballda; ustunlar o‘qlari bo‘ylab kuchaytirilgan armaturalash zonalari; bino perimetri bo‘ylab chetki ustunlar o‘qlarida rigellar, ustunlar atrofida orayopmalarning tayanch zonalari (kapitellar); ustunlarning ko‘ndalang kesimi 50 × 50 cm dan kam emas, 9 ballda birinchi qavat ustunlari bikir armatura bilan (SHNQ 2.01.03-26, 136-band). Sxema.

3D ko‘rinish

3D ko‘rinish ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ochiq. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.

Kirish Ro‘yxatdan o‘tish

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.