Skip to content

Codes & standards SanQvaN 0102-25

SanQvaN 0102-25, 117-band

9-bob. Turar joy obyektlarida shovqin va tebranishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari

117

Doimiy vertikal va gorizontal tebranishlarning ruxsat etilgan darajalarini normalash quyidagilar asosida amalga oshirilishi kerak:

tebranish tezlanishi — a (m/s2) va tebranish tezligi — v (m/s) ning oʻrtacha kvadratik qiymatlari;

vertikal va gorizontal tebranishlarning logarifmik darajalari Ls vaLv.

Bular oktava chiziqlari (polosalari) boʻyicha desibellarda (dB) ifodalanib, 2, 4, 8, 16, 31,5 va 63 Nz diskret geometrik chastotalarga ega boʻlishi lozim.

Doimiy boʻlmagan vertikal va gorizontal tebranishlarning ruxsat etilgan darajalarini normalash esa tebranish tezligi yoki tebranish tezlanishining ekvivalent tuzatilgan qiymati (Vekv) yoxud ularning logarifmik darajasi (I Vekv) asosida amalga oshirilishi kerak.

Official source: lex.uz. Text as of: 05.11.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.