Skip to content

Codes & standards SanQvaN 0102-25

SanQvaN 0102-25, 69-band

4-bob. Turar joy obyektlarini qurilishiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari

69

Oʻzbekiston iqlim sharoitida turar joy obyektlari qurilishida qoʻllaniladigan qurilish materiallari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

past issiqlik oʻtkazuvchanlikka ega boʻlishi va toʻsiqlarning yetarli darajada issiqlik qarshiligi hamda issiqlikka chidamliligini taʼminlashi;

yaxshi havo oʻtkazuvchanlik va gʻovaklikka ega boʻlishi;

namlikni shimmaydigan va past tovush oʻtkazuvchanlikka ega boʻlishi;

inshootlarning mustahkamligini, olovbardoshliligini taʼminlashi;

atrof-muhitga, inson hayoti va salomatligiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hid hamda konsentratsiyalarni hosil qiluvchi uchuvchan moddalarni ajratmasligi;

mikrofloraning rivojlanishini, zamburugʻlar va suv oʻtlarining oʻsishiga yoʻl qoʻymasligi;

ishlov berish va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi.

Official source: lex.uz. Text as of: 05.11.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.