Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 113-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar
Yigʻma temirbetonli orayopma va tom yopmalarning bikirligi va mustahkamligi quyidagicha taʼminlanadi:
plitalar (panellar) orasidagi choklarni sement-qumli qorishma bilan toʻldirish orqali;
plitalar orasidagi choklarda vujudga keladigan zoʻriqishlarni qabul qila oladigan bogʻlamlar (boʻylama qirralari boʻylab qirqilishni va plitalarning notekis yuklanishi tufayli vertikal qirqilishni qabul qilishi uchun boʻylama oʻqlar boʻylab plitalarni oʻzaro birlashtiradigan) qoʻyilishi orqali;
bir-biriga nisbatan oralarini ochib oʻrnatilgan orayopma plitalarining orasini yaxlit temirbeton bilan toʻldirish orqali;
orayopma ustidan yaxlit temirbetondan qatlam hosil qilish yoʻli bilan;
katakchadagi chetki plitalarni boʻylama oʻq boʻylab devorlarga yoki antiseysmik kamarlarga bogʻlash orqali;
eguvchi moment va qirquvchi kuchlarni devorga qistirib mahkamlash hisobidan plitaning chetki qisqa tomoni boʻyicha qabul qilinishini taʼminlash orqali.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.