Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 13-band

3-bob. Umumiy qoidalar

13

SMH xaritalari mavjud boʻlmaganda, qurilish maydonchasining seysmikligi hududning seysmikligi, mazkur SHNQning 1 va 2-ilovalari hamda muhandislik-geologik izlanishlar natijalari asosida 1-jadvalga muvofiq aniqlanadi.

1-jadval
Grunt toifasiGruntning seysmik xossalariHududning seysmikligiga koʻra qurilish maydonchasining seysmikligi, ball
789
I1. Suvga toʻyingan holatda bir oʻq boʻyicha siqilgandagi mustahkamlik chegarasi Rs>1 MPa boʻlgan yoki boʻylama toʻlqinlar tarqalish tezligi vp>3000 va vs>1700 m/s boʻlgan har qanday turdagi qattiq qoyali togʻ jinslari
2. Seysmik toʻlqinlar tarqalish tezligi vp>2500 va vs>900 m/s boʻlgan yirik siniqtosh gruntlar (yumaloq va oʻtkir qirrali yirik toshlar (valun), xarsangtosh
678
II1. Suvga toʻyingan holatda bir oʻq boʻylab siqilganda, mustahkamlik chegarasi Rs≤1 MPa yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>1300 va vs>600 m/s boʻlgan (nuragan va oʻta nuragan) barcha turdagi qattiq qoyali togʻ jinslari
2. Seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>300 va vs>500 m/s boʻlgan yirik siniqtosh gruntlar (silliqlangan chaqiqtosh, mayda shagʻal, chaqiqtosh, oʻtkir qirrali mayda shagʻal
3. Qumli gruntlar:
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>350 m/s, kam namlangan, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,7 boʻlgan yirik va oʻrtacha yiriklikdagi shagʻalli qumlar;
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>400 va vs>300 m/s, kam namlangan, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,6 boʻlgan mayda va changsimon qumlar
4. Gilli gruntlar:
oquvchanlik koʻrsatkichi IL<0,5 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>900 va vs>500 m/s boʻlgan gilli gruntlar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL<0,5 boʻlganda gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,8 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan qumoq va qumloq gruntlar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL≤0,5 boʻlganda gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,8 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan tuproqli gruntlar (lyossli, lyossimon qumoq, qumloq va gillar)
5. Toʻkma gruntlar:
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan, tabiiy holda yotib zichlashgan yirik siniq toshlar;
suvga toʻyingan umumiy deformatsiya moduli E0>12 MPa yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan, yotib zichlangan qumli va changsimon-gilli gruntlar
789
III1. Qumli gruntlar:
namlik darajasi Sr≤0,5 boʻlib, kam namlangan, gʻovaklilik koeffitsiyenti e≥0,7 boʻlgan holatda shagʻalli, yirik va oʻrtacha yiriklikdagi qumlar;
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤350 m/s, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,7 boʻlgan namlangan (Sr>0,5) va suvga toʻyingan (Sr>0,8) shagʻalli, yirik va oʻrtacha yiriklikdagi qumlar;
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤300 m/s, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,6 boʻlgan namlangan (Sr>0,5) suvga toʻyingan (Sr>0,8) hamda kam namlangan (Sr≤0,5) va gʻovaklilik koeffitsiyenti e≥0,6 boʻlgan mayda va changsimon qumlar
2. Gilli gruntlar:
oquvchanlik koʻrsatkichi IL>0,5 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤500 m/s boʻlgan gillar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL>0,5 boʻlib, gʻovaklilik koeffitsiyenti e>0,8 va e<0,8, yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs<300 m/s boʻlgan qumoq va qumloqlar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL>0,5 boʻlib, gʻovaklilik koeffitsiyenti e≥0,8 va e<0,8, yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤300 m/s boʻlgan soz tuproqli gruntlar (lyossli, lyossimon qumoq, qumloq va gillar).
3. Toʻkma gruntlar suvga toʻyingan umumiy deformatsiya moduli E0≤12 MPa yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤300 m/s boʻlgan, tabiiy yotib zichlangan qumli va changsimon gilli gruntlar
89>9
Izohlar:
1) grunt qatlamida lyossli choʻkuvchan gruntlar mavjud boʻlganda, ularning choʻkuvchanlik xossalarini bartaraf etish boʻyicha tadbirlar nazarda tutilishi lozim;
2) qalinligi 10 m boʻlgan (poydevor tovonidan hisobga olinganda) grunt qatlami chegarasida umumiy 5 m dan ortiq boʻlgan grunt qatlamining tarkibi bir jinsli boʻlmasa, qurilish maydonchasi seysmik jihatdan noqulay hisoblanadi;
3) bino va inshootdan foydalanish davrida yer osti suvlari sathining koʻtarilishi yoki gruntning suvga toʻyinishi prognoz qilinsa, grunt toifasi eng noqulay gidrogeologik sharoit uchun belgilanadi;
4) seysmikligi 6 balli va seysmiklik xossalari boʻyicha grunt III toifaga mansub boʻlgan hududlarda qurilish maydonchasining seysmikligi 7 ball deb qabul qilinadi;
5) gruntlarning muhandislik-geologik va seysmiklik xossalari haqida tegishli maʼlumotlar boʻlmagan yer osti suvlarining sathi 5 m dan yuqori boʻlgan hollarda, gilli va toʻkma (qumli va changsimon gilli) gruntli maydonchalarda gruntlarning seysmiklik xossasi boʻyicha toifasini aniqlash uchun batafsil muhandislik-geologik yoki muhandislik-geofizik izlanishlar oʻtkazilishi lozim;
6) boʻylama vp va koʻndalang vs toʻlqinlar tarqalish tezliklari grunt toifasini aniqlashda mazkur jadvalda belgilangan tartibda qoʻllaniladi. Ularning qiymatlari muhandislik-geologik va muhandislik-geofizik izlanishlar natijalari asosida tajriba yoki hisoblash usullari bilan aniqlanadi;
7) SMH xaritasida belgilangan qurilish maydonchasining seysmikligini faqat muhandislik-geologik izlanishlar maʼlumotlari va ushbu SHNQning 1-jadvali asosida oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.