Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 134-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Karkasli binolarda seysmik yuklamalarni qabul qilish uchun quyidagi konstruktiv tizimlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
oʻylama va koʻndalang yoʻnalishlarda vertikal, gorizontal va seysmik yuklamalarni qabul qiladigan, rama tugunlari bikir boʻlgan fazoviy karkas;
toʻldiruvchi devorlari seysmik yuklamalarning bir qismini qabul qiladigan fazoviy karkas;
toʻldiruvchi devorlari seysmik yuklamalarni qabul qilishga moʻljallanmagan fazoviy karkas;
ikki oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishda vertikal bogʻlamlar va bikirlik diafragmalariga ega fazoviy karkas. Bunda vertikal yuklamalar, odatda, karkasga, gorizontal seysmik yuklamalar esa asosan diafragmalar va bogʻlamlarga, qisman ramalarga uzatiladi;
seysmik yuklamalarni qabul qiluvchi bikirlik yadrosiga ega fazoviy karkas. Bunda vertikal yuklamalar, odatda, karkas tomonidan qabul qilinadi.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.