Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 169-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Maxsus texnik yechimlar qabul qilinganda seysmikligi 7, 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda birinchi qavati egiluvchan boʻlgan bikir binolarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda quyidagi tadbirlar birgalikda nazarda tutilishi lozim:
egiluvchan qavatning qisqa tomonlarida bikirlik diafragmalari yoki devor koʻrinishidagi bikir elementlarni joylashtirish;
birinchi qavat ustunlari va rigellarini oddiy armaturaga qoʻshimcha ravishda qattiq armatura bilan kuchaytirish;
birinchi qavat ustidan qalinligi kamida 200 mm boʻlgan yaxlit temirbeton qavatlararo yopma yoki bikir diskni nazarda tutish;
egiluvchan birinchi qavat ustunlarining koʻndalang kesim oʻlchamlarini kamida 500 × 500 mm qilib qabul qilish.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.