Yuklarning maxsus birikmasi boʻyicha hisoblashda egiluvchan ilgaklarga osilgan massalardan hosil boʻladigan gorizontal seysmik yuklar, harorat-iqlim taʼsirlari, shamol yuklari, asbob-uskunalar va transport vositalari harakatidan vujudga keladigan dinamik taʼsirlar, shuningdek kranlarning tormozlanishi hamda yon tomon zoʻriqishlari hisobga olinmaydi.
Vertikal seysmik yuklarni aniqlashda kran va aravacha vazni, shuningdek kranning yuk koʻtarish qobiliyatini 0,3 koeffitsiyenti bilan olingan yuk vazni hisobga olinishi kerak.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.