Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 237-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 5-§. Tosh-gʻishtli binolar
Peremichkalar, odatda, yaxlit temirbetondan bajarilishi, devorning butun qalinligi boʻyicha joylashtirilishi va terimga kamida 350 mm kiritilishi lozim.
Deraza yoki eshik oʻrnining eni 1,5 m gacha boʻlganda peremichkani terimga kamida 250 mm kiritib oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda peremichkalar deraza yoki eshik oʻrinlarini kuchaytiruvchi temirbeton elementlar bilan bogʻlanishi kerak.
Seysmik hududlarda brus shaklidagi yigʻma peremichkalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.