Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 242-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 6-§. Hajmiy blokli binolar

242

Hajmiy bloklardan tiklanadigan binolarda seysmik taʼsirlarni ularning asosiy konstruksiyasi — fazoviy bikirlikka ega boʻlgan hajmiy blok qabul qiladi. Hajmiy bloklar bir butun yaxlit holda loyihalanishi lozim.

Hajmiy bloklardan barpo etiladigan binolarda seysmik taʼsirlar fazoviy bikirlikka ega asosiy konstruksiyalar hajmiy bloklar tomonidan qabul qilinishi lozim.

Hajmiy bloklar bir butun yaxlit element sifatida loyihalanishi lozim. Bloklarning kamida toʻrtta vertikal qovurgʻasida montaj jarayonida bloklar orasida boʻshliq hosil qilish uchun botiqlar nazarda tutilishi lozim.

Blok tom yopma plitalarining tekisligida qurilish maydonchasida payvandlanadigan chiqarib qoldirilgan armatura sterjenlari uchun oʻyiqlar nazarda tutilishi lozim.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.