Seysmik taʼsirning vertikal tashkil etuvchisi ushbu SHNQning 28-bandi uchinchi xatboshisi talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
U quyidagi holatlarda seysmik taʼsirning gorizontal tashkil etuvchisi bilan birgalikda hisobga olinishi lozim:
hisobiy seysmikligi 7 — 9 va >9 balli hududlar uchun 24, 18 va 12 m ravoqli tom yopmalarda;
konsolli konstruksiyalarda;
ravogʻi 12 m va undan ortiq havonli konstruksiyalarda;
agʻdarilish va siljishga qarshi barqarorligi tekshiriladigan bino va inshootlarda;
yuk koʻtaruvchi vertikal konstruksiyalarda, shu jumladan tosh va gʻisht devorlarda hamda karkas ustunlarida.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.