Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 261-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 7-§. Mustahkamligi past devorbop buyumlardan tiklanadigan kam qavatli binolar

261

Gruntli materiallardan tiklanadigan devorlarning burchaklari va oʻzaro kesishuv joylari, odatda, korroziyaga qarshi tarkib bilan qoplangan metall toʻrlar bilan kuchaytirilishi kerak.

Bunda boʻylama armaturaning umumiy kesim yuzasi 1 cm2 boʻlgan metall toʻrlar devor balandligi boʻylab 500 mm qadam bilan, kesishish oʻqidan har tomonga 1 m uzunlikda qoʻyiladi.

Hisobiy seysmiklik 7 ball boʻlgan zonalarda tiklanadigan bir qavatli binolar devorlarining kesishadigan joylarini issiq bitum shimdirilgan qamishli qatlam bilan kuchaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.