Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 263-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 7-§. Mustahkamligi past devorbop buyumlardan tiklanadigan kam qavatli binolar
Sinchning vertikal elementlari (ustunlar) koʻndalang kesimi kamida 100x150 mm boʻlgan tagsinch va tepasinch (sarrov)larga biriktiriladi.
Tagsinch bino sokoli bilan diametri 10-12 mm boʻlgan metall bogʻlagichlar yordamida bogʻlanadi.
Eshik va deraza oʻrinlarining tepa qismiga va deraza oʻrinlarining pastki qismiga kesimi 100x100 mm dan kam boʻlmagan gorizontal yogʻoch oʻrnatiladi ustunni sarrov va tagsinchlarga mahkamlash uchun, ustundan chiqarilgan turumlar sarrov va tagsinchlardagi teshiklarga kiritiladi va metall tasma bilan qoplanishi kerak.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.