Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 320-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 9-§. Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va binolarning meʼmoriy elementlari
Gʻisht yoki toshdan barpo etiladigan pardevorlar butun uzunligi boʻylab chok armaturalari bilan kuchaytirilishi lozim.
Armaturalar balandlik boʻylab 700 mm dan oshmaydigan qadamda joylashtirilishi, ularning umumiy kesim yuzasi seysmikligi 7 ball boʻlgan maydonchalarda kamida 0,2 cm², 8 va 9 ball boʻlganda esa kamida 0,3 cm² boʻlishi lozim.
Pardevorlarning oʻz tekisligidan koʻchishini cheklovchi qurilmalar bilan jihozlangan osma panel-pardevor koʻrinishida bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.