36
| T/r | Deformatsiya turlari va elementlar tasnifi | qavatlarning nisbiy ogʻishi Δk/hk hamda bino yuqori qismining nisbiy koʻchishi γmax/N |
| 1. | Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga qattiq biriktirilgan moʻrt materialdan tashkil topgan yuk koʻtaruvchi elementli (devor) binolar | 1/200 |
| 2. | Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar deformatsiyasi taʼsiridan himoya qilingan holda biriktirilgan moʻrt materialdan tashkil topgan yuk koʻtaruvchi elementli (devor) binolar | 1/70 |
| 3. | Balandligi 42,1 — 56 m (16 qavat) gacha oraliqda boʻlgan bogʻlamli yoki rama bogʻlamli poʻlat (9 ballik hududlar uchun) va temirbeton (8 ballik hududlar uchun) karkasli binolar | 1/100 |
| 4. | 9 ballik hududlarda balandligi 33,1 — 56 m gacha oraliqda boʻlgan bogʻlamli yoki rama bogʻlamli temirbeton karkas hamda balandligi 50,1 — 65 m gacha oraliqda boʻlgan koʻndalang devorlar qadami 4,21 — 6,6 m oraligʻida boʻlgan yaxlit temirbeton devorli, yirik panel devorli, hajmiy temirbeton blokli 16 qavatgacha binolar | 1/200 |
| Izohlar: 1) qabul qilingan belgilanishlar: Δk — k va k+1 qavat orayopmalarining absolyut siljishlarining ayirmasi; hk — k qavat balandligi; N — poydevor ustki sathidan tom yopmasi sathigacha boʻlgan balandlik; 2) ushbu jadvalning 3-pozitsiyasida keltirilgan binolarning moʻrt materialdan tashkil topgan devorlari uning yuk koʻtaruvchi elementlarga qattiq biriktirilganda qavatlarning nisbiy ogʻishi hamda bino yuqori qismining nisbiy koʻchishi ushbu jadvalning 1-pozitsiyasidagi chegaraviy parametrlardan oshmasligi lozim. | ||
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.