Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 463-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar

463

Tayanchlarda yotqizilgan yer usti quvurlari seysmik taʼsirlarga quvur oʻqi boʻylab va unga koʻndalang yoʻnalishlarda hisoblanishi lozim.

Boʻylama yoʻnalishda quvurdagi kuchlanishlar va tayanch konstruksiyalarining gorizontal seysmik kuchlarga bardoshliligi tekshiriladi.

Koʻndalang yoʻnalishda quvurning koʻchishlari, tayanch rigellari yoki traversalarining yetarli uzunligi, quvurning tayanchdan chiqib ketmasligi, quvurda hosil boʻladigan qoʻshimcha kuchlanishlar hamda tayanch konstruksiyalarining gorizontal va vertikal seysmik kuchlarga bardoshliligi tekshiriladi.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.