Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 478-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar
Namlangan, vaqti-vaqti bilan namlanadigan yoki sugʻoriladigan hududlarda, shuningdek suvga toʻyingan gruntlarda yer osti quvurlari koʻtarilishga qarshi ustuvorlikka hisoblanishi lozim.
Hisoblash natijalariga koʻra quvur uchastkasining ustuvorligini taʼminlash uchun quyidagi chora-tadbirlarning biri yoki bir nechtasi nazarda tutilishi lozim:
quvur ustidagi grunt toʻldirmasi qalinligini oshirish;
quvur trassasining tarhdagi yoki balandlik boʻyicha yechimini oʻzgartirish;
quvurni ballastlash;
quvurni anker qurilmalari bilan mahkamlash.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.