51
Konstruksiya elementlarining chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiyasi ularning bino yoki inshootning chegaraviy holatga oʻtishidagi masʼullik sinfi hamda konstruktiv xususiyatlariga koʻra ushbu SHNQning 12-jadvali orqali aniqlanadi.
| T/r | Konstruksiya elementlari | Masʼullik sinfi | Chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiya, μ |
|---|---|---|---|
| 1. | Vertikal yuk koʻtaruvchi elementlar: | ||
| yirik panelli va hajmiy-blokli binolar | I | 10 | |
| yaxlit binolar | 8 | ||
| 2. | Yaxlit, hajmiy blokli, tosh-gʻisht terimli binolarning temirbeton peremichkalari | II | 15 |
| 3. | Bino ustunlari: | ||
| temirbeton karkas | I | 5 | |
| poʻlat karkas | 7,5 | ||
| 4. | Temirbeton karkaslarning rigellari (toʻsinlari) | I | 7,5 |
| II | 10 | ||
| 5. | Poʻlat karkaslarning rigellari (toʻsinlari) | I | 10 |
| II | 15 | ||
| 6. | Kompleks konstruksiyalarning devorlari, karkasni toʻldirishdagi terim: | ||
| oliy toifa | I | 7 | |
| II | 10 | ||
| I, II toifa | I | 4 | |
| II | 6 | ||
| 7. | Tosh-gʻisht terimli devorlar: | ||
| oliy toifali | I | 3,5 | |
| II | 5 | ||
| I, II toifali | I | 2 | |
| II | 3 | ||
| 8. | Yirik blokli devorlar | I, II | 5 |
| 9. | Temirbeton diafragmasiga ega karkaslarda bikirlik diafragmalari | I | 7,5 |
| II | 10 | ||
| 10. | Evakuatsiya yoʻllari mavjud bikirlik yadrolari | I, II | 5 |
| 11. | Birinchi yoki bir necha quyi qavati karkasdan iborat bikir yuk koʻtaruvchi devorli binolarning rigel (toʻsin)lari va ustunlari | I | 3 |
| 12. | Poʻlat karkaslarning bogʻlovchilari | II | 15 |
| 13. | Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va meʼmoriy detallar*: | ||
| metall mahkamlash qurilmalari, asbob-uskunalarning elementlari | III | 10 | |
| konsolli temirbeton va metall elementlar, soyabonlar, balkon plitalari, frontonlar | 7,5 | ||
| zina elementlari | 7,5 | ||
| pardevorlar: | |||
| mayda oʻlchamli devorbop buyumlar | 3 | ||
| yirik oʻlchamli devorbop buyumlar | 6 | ||
| osma panellar | 7,5 | ||
| oʻz yukini koʻtaruvchi devorlar: | |||
| tosh-gʻishtli | 3 | ||
| temirbetonli | 7,5 | ||
| Izohlar: 1) elementlar mahalliy seysmik yuklar taʼsiriga hisoblanadi, bunda reduksiya koeffitsiyenti ushbu SHNQning 9-formulasi boʻyicha aniqlanadi; 2) yangi konstruktiv tizimlar qoʻllanilgan binolarni loyihalash uchun eksperimental va texnik iqtisodiy tadqiqot natijalari hamda maxsus texnik shartlar asosida μ qiymatiga aniqlik kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. | |||
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.