Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 517-band
7-bob. Bino va inshootlarni qayta tiklash va kuchaytirish
Taʼmirlash-qayta tiklash va kuchaytirish loyihalarini ishlab chiqishda obyektning texnik holatiga qarab quyidagi usullardan foydalanish lozim:
mavjud konstruktiv sxemani oʻzgartirmagan holda konstruksiyalar va ularning oʻzaro bogʻlanishlarini qayta tiklash yoki kuchaytirish;
fazoviy ishlashini yaxshilash va seysmik taʼsirlarga ishonchliligini oshirish maqsadida konstruktiv sxemaga qisman oʻzgartishlar kiritish, jumladan qoʻshimcha boʻylama va koʻndalang devorlar, bikirlik elementlari, bogʻlovchi elementlar hamda zarur hollarda antiseysmik choklar tashkil etish;
binoning konstruktiv sxemasi va dinamik tavsiflarini oʻzgartirish, jumladan muntazam joylashtirilgan bikirlik diafragmalari, bogʻlamlar yoki maxsus asoslangan hollarda seysmik himoya tizimlarini qoʻllash.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.