54
Birinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-1) boʻyicha bino va inshootlarning deformatsiyalarini aniqlash zarur boʻlganda, jumladan, mazkur SHNQning 85 — 92-bandlariga muvofiq antiseysmik choklar kengligini belgilashda, birinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-1) uchun qabul qilingan seysmik taʼsirlardan konstruksiyalarning elastik ishlash bosqichidagi hisobiy deformatsiyalari aniqlanadi.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.