Tarhdagi oʻlchamlardan biri 30 m dan ortiq boʻlgan bino va inshootlar uchun ushbu SHNQning 28-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq seysmik taʼsirlarga hisoblashda vertikal oʻqqa nisbatan burovchi momentlar hisobga olinishi lozim.
Massa va bikirlik markazlari ustma-ust tushgan hollarda elementlardagi hisobiy zoʻriqishlar tasodifiy ekssentrisitetni hisobga oluvchi ξ koeffitsiyentiga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi:
(12)bu yerda:
X — seysmik yuk taʼsiriga perpendikulyar yoʻnalishda simmetriya markazidan hisoblanayotgan elementgacha boʻlgan masofa;
B — seysmik yuk taʼsiriga perpendikulyar yoʻnalishdagi bino va inshoot oʻlchami.
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.