Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 96-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar

96

Rekonstruksiya qilinadigan bino yoki boʻlma tarhi doirasida zinapoya katagi mavjud boʻlganda mazkur SHNQning 93 — 95-bandlaridagi cheklovlar hisobga olingan holda, qoʻshimcha zinapoya katagi yoki lift shaxtasini bino tarhidan tashqarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda ular bino bilan hisob-kitoblar asosida tanlanadigan egiluvchan yoki bikir bogʻlanishlar orqali konstruktiv bogʻlanishi lozim. Bikir bogʻlanishlar binoning yagona fazoviy hisoblash modelida hisobga olinadi, egiluvchan bogʻlanishlar esa hisobiy oʻzaro koʻchishlarga toʻsqinlik qilmasligi kerak.

Ushbu konstruktiv yechimlar hisoblashda va konstruktiv yechimlarni ishlab chiqishda hisobga olinishi lozim.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.